Старая версия сайта

UZTELECOMdan aksiya!

Nima u GPON?

GPON (ingl. Gigabit Passive Optical Network — gigabit passiv optik tarmoq) — 1 Gb/sgacha o'tkazish qobiliyatiga ega 1 ta optik tolali kabel orqali yuqori tezlikdagi Internet, HD interaktiv televidenie va telefiniyaga ulanish imkonini beruvchi innovatsion texnologiya. 

GPON texnologiyasi qayerda qo'llaniladi?

Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish rejasiga muvofiq, GPON texnologiyasini o'rnatish ustuvorligi xususiy sektor uylariga beriladi. Chunki kabel uning texnik imkoniyati bo'yicha mahalla uchun eng maqbuldir, avvallari mahallalarda yuqori tezlikdagi Internetni o'tkazish imkoniyati bo'lmagani uchun, Internet u yerda o'tkazish qobiliyati past bo'lgan oddiy telefon tarmog'i orqali ulanar edi.

GPONni qanday ulash mumkin?

Eng yaqin xizmat ko'rsatish va savdo ofisiga murojaat qilish kerak.

GPON texnologiyasiga ulanish uchun abonentga ONT (Optical Network Terminal) modemi o'rnatiladi, buning natijasida barcha xizmatlarning kelgusida ulanishlari masofadan turib va bir qurilmada amalga oshiriladi. Modem Wi-Fi tarmog'iga ega, bu sizga har qanday qurilmadan simsiz ulanish imkonini beradi.

2018 yil 1 fevraldan boshlab UZTELECOM butun 2018 yil mobaynida amal qiluvchi AKSIYA e'lon qildi. Aksiya dpirasida GPON texnologiyasiga ulanib, bonus sifatida splitterdan yakuniy qurilmagacha 100 m kabelga ega bo'lishingiz mumkin.  

Toshkent shahrida GPON texnologiyasi bo'yicha HG8245 modemining narxi 446,5 ming so'mni tashkil etadi, viloyatlarda narx modem modeliga bog'liq holda o'zgarishi mumkin.         

Ro'yxatdan o'tish narxi - 20 ming so'm.

*«O'zbektelekom» AK aksiya shartlarini o'zgartirish huquqiga ega. O'zgartirishlar va qo'shimchalar haqida ma'lumot, aksiyaning barcha tafsilotlarini bilan www.uztelecom.uz rasmiy saytida bilib olishingiz mumkin.