Bosib chiqarish
EATS-216/217, EATS-225, EATS-229, EATS-242/249, EATS-244, EATS-273/278 da aloqaning yomonlashuvi
7 Fеvral 2012 yil
Toshkеnt shahri tеlеfon tarmoqlarida rеkonstruksiya ishlarinning amalga oshirilishi va EATS yo‘nalishining o‘zgartirilishi sababli, EATS-216/217, EATS-225, EATS-229, EATS-242/249, EATS-244, EATS-273/278da ikki hafta mobaynida aloqa yomonlashishi mumkin. Noqulaylik uchun o‘z uzrimizni ma’lum qilamiz.
Ma’lumot
«O‘zbektelekom» AK — O‘zbekiston Respublikasi hududlarini o‘z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik telekommunikatsiyalar operatoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: mutloq va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish xizmatlari, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Internet tarmog‘idan foydalanish, videokonferensaloqa xizmatlarini, CDMA-450 standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari uchta — UZTELEСOM™, UZMOBILE™ va UZONLINE™ savdo belgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22 ta filial faoliyat olib boradi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘ba korxonalaridir. Kompaniya xodimlarining soni 2010-yil oxirida 14 000ga yaqinni tashkil etdi. «O‘zbektelekom» AK Mobil va mutloq, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarida o‘z ulushiga ega. |