Bosib chiqarish

«O‘zbektelekom» AK Toshkent shahrida GPON texnologiyasiga asosan terminal uskunalarini taqdim etish bo‘yicha «Echo Life» aksiyasini e’lon qiladi

2 Noyabr 2016 yil

Toshkent shahrida GPON texnologiyasiga asosan terminal uskunalarini taqdim etish bo‘yicha «Echo Life» aksiyasini o‘tkazish shartlari:

1. Aksiya o‘tkazish muddatlari 2016-yil 1-noyabrdan 2017-yil 31-martgacha.
2. Aksiya GPON texnologiyasi bo‘yicha yangi ulangan abonentlar va GPON texnologiyasiga qayta o‘tadigan mavjud abonentlar uchun amal qiladi.
3. Aksiyada faqat jismoniy shaxslar ishtirok etadi.
4. Aksiyada ishtirok etish natijasi 3 oydan 5 oygacha davr mobaynida imtiyozli tariflarda Internet xizmatlari olish uchun «TShTT» filiali hisobidan 200 metr kabel taqdim etilishi bo‘lib hisoblanadi.

«Echo life» seriyasi – trafigi cheklanmagan

Tarif reja Abonent to‘lovi,
so‘m
Internet tarmog‘iga
ulanish tezligi,
Mbit/s.
«Tas-IX» tarmog‘iga
ulanish tezligi,
Mbit/s.
Xizmat ko‘rsatishning
imtiyozli davri, oy*
Echo life-1 10 000 1 gacha 2 gacha 5
Echo life-2 15 000 2 gacha 2 gacha 4
Echo life-3 30 000 4 gacha 4 gacha 3

Tarif rejada Internet tarmog‘iga kiruvchi trafik dastlabki limitidan oshganda:

  • bir kalendar oyi mobaynida «Echo life-1» 50 Gbaytdan ortiq, Internet tashqi tarmog‘iga ulanish tezligi 256 Kbit/s.gacha pasayadi;
  • bir kalendar oyi mobaynida «Echo life-2» 60 Gbaytdan ortiq, Internet tashqi tarmog‘iga ulanish tezligi 512 Kbit/s. gacha pasayadi;
  • bir kalendar oyi mobaynida «Echo life-3» 70 Gbaytdan ortiq, Internet tashqi tarmog‘iga ulanish tezligi 1024 Kbit/s. gacha pasayadi.

«Tas-IX» tarmog‘ida «Echo life -1,2,3» tarif rejalariga ulanish tezligi o‘zgarmaydi. Internet tarmog‘iga dastlabki ulanish tezligi kelasi oyning 1-sanasida tiklanadi.

* Oyning 15-sanasigacha ulanishda imtiyozli davr uchun xizmat ko‘rsatish kalendar oyi bo‘yicha hisoblanadi, oyning 15-sanasidan keyin ulanishda esa imtiyozli davr uchun xizmat ko‘rsatish kelasi oyning 1-sanasidan boshlanadi.

Aksiyada ishtirok etish shartlari:

1. Internet tarmog‘iga GPON texnologiyasi bo‘yicha «Echo life» seriyasi tarif rejalariga ulanishda abonent tomonidan 100% to‘lovini amalga oshirish bilan terminal uskunasi sotib olinganida faqatgina «TShTT» filialida optik modem taqdim etiladi.

2. GPON texnologiyasi bo‘yicha ulanishda kabel uzunligi 200 metrdan oshsa, abonent 200 metrdan ortiq kabel haqini to‘laydi.

3. Aksiya doirasida, amal qilayotgan imtiyozli davr mobaynida «Echo life» seriyasi ichida tarif rejasini almashtirish mumkin emas. Imtiyozli oy mobaynida amal qilayotgan «Echo life» seriyasi tarif rejalarini almashtirilgan taqdirda, imtiyozli «Echo life» seriyasi tarif rejalari kelasi oyning 1-sanasidan tiklanadi.

4. O‘z vaqtida to‘lov amalga oshirilmaganligi sababli to‘xtatib qo‘yilgan vaqt imtiyozli davr taqdim etiladigan xizmatlarga kiritiladi.

5. Imtiyozli davr tugaganidan keyin abonentga tarif rejani «Echo life» seriyasidan tashqari istalgan tarif rejasiga almashtirish imkoniyati taqdim etiladi.