Bosib chiqarish

Aksiya davom ettiriladi!

3 Aprеl 2017 yil

«O‘zbektelekom» AK IPTV xizmatlaridan FTTx texnologiyasi bo‘yicha foydalanuvchi abonentlar uchun sifatli va zamonaviy xizmatlarni taqdim etish maqsadida, HD formatida televizion kanallarni bepul taqdim etishga oid aksiya muddatini uzaytiradi.

Mazkur aksiya 2017-yil 30.09 (oxirgi kun) gacha davom etadi.

Ko‘rsatuvlarni HD formatida namoyish etuvchi televizion kanallar ro‘yxati quyidagilardan iborat:

1. Eurosport
2. UzHD
3. Discovery
4. Спорт 1
5. Animal Planet
6. Nat Geo Wild

HD formatida kanallarga ulanish haqida UZTELECOM sotuvlar ofislari yoki 1084 ma’lumotlar xizmati telefon raqamlari orqali tanishish mumkin.