Bosib chiqarish

Yangi «Milliy tarmoq» xizmati

8 Aprеl 2017 yil

Internet tarmog‘ida ta’limiy, bilimdonlik va boshqa foydali saytlarga ulanishda o‘sib kelayotgan avlod uchun maqbul muhit yaratish, yoshlarning salomatliklari va ma`naviy rivojlanishiga zarar yetkazuvchi axborotlarning salbiy ta’siridan samarali himoya qilish maqsadida, shuningdek, rivojlangan mamlakatlar xalqaro tajribasidan kelib chiqib «O‘zbektelekom» AK TAS-IX tarmog`i hududida ommaviy foydalanish uchun foydali kontentga ulanish xizmatini yaratish bo‘yicha «Milliy tarmoq» bepul qo‘shimcha xizmatini joriy etmoqda.

«Milliy tarmoq» xizmatidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma:

Jismoniy shaxslar uchun «Milliy tarmoq» bepul qo‘shimcha xizmati Internet tashqi tarmog‘iga ulanishni cheklashga mo‘ljallangan. Buning uchun foydalanuvchi «Shaxsiy kabinet» orqali xizmatni faollshtirish va/yoki qayta faollshtirish (deaktivatsiya)ni amalga oshiradi.

Internet tashqi tarmog‘i resurslariga ulanishni to‘xtatish uchun foydalanuvchiga SMS ko‘rinishida tekshirish kodini jo‘natish uchun «Shaxsiy kabinet» qo‘shimcha oynasida «Verifikatsiyalar kodi» servisida mobil telefon raqamini kiritish zarur. Mazkur kod xizmatga ulanish va uni to‘xtatish uchun qo‘llaniladi. Verifikatsiya kodi bir kecha-kunduzda bir marta o‘zgaradi.

Kod olingandan keyin «Milliy tarmoq» servisiga kirish kerak.

Servisda mazkur tarmoq xizmati kiritilganligi yoki yo‘qligi hamda (agar to‘xtatilgan va qayta faollashish (xizmati kiritilgan bo‘lsa) faollashishni amalga oshirish mumkinligi aks etadi.

Xizmatni o`chirish (deaktivatsiya qilish) tasdiqlanganidan so‘ng o‘zgarishlar kuchga kirishi uchun (Internet tarmog‘iga ulanishni to`htatish va yoqish) qayta ulanish zarur.