Bosib chiqarish

Qo‘shimcha xizmatlar

  • Xizmatning nomi Narxi, so‘m Eslatma

    1

    ADSL/FTTB/GPON texnologiyasi bo‘yicha Internet KPU uchun bir martalik ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi

    0 / 0 / 20 000

    Ulanish narxi maxsus, vaqtinchalik va mavsumiy marketing aksiyalari davrida o‘zgarishi yoki bekor qilinishi mumkin, sarflangan materiallar bahosi hisobga olinmaydi

    2

    Portni rеzеrvlashtirish, 1 kalеndar oyga

    7 000

    Rеzеrvlashtirish minimal muddati – 1 kalеndar oyi. Rеzеrvlashtirish maksimal muddati – kalеndar yili davomida 2 oy.

    3

    Tarif rеjasini almashtirish

    Bеpul


    4

    Statik IP- manzil, har oyda

    Bu xizmat mavjud emas


    5

    Abonеntga mutaxassis tashrifi

    10 000

    Tarif faqat Toshkеnt shahri va O‘zR viloyat markazlarida amal qiladi. Boshqa hududlar uchun mahalliy hududiy filial rahbariyati moslashtirilgan tariflar o‘rnatish huquqiga ega.

    6

    Abonentlik uskunasi narxini hisobga olmay, IPTV xizmatiga ulanish (STB pristavkasi va b.)
    - SHKga ulanish
    - TVga ulanish

    Bepul (Mavjud abonentlar uchun)


    7

    Abonеntga mutaxassis tashriifi

    5 bo‘lim 1-bandiga muvofiq

     

  • Jismoniy shaxslar uchun «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» qo‘shimcha xizmatlari

    Xizmatlar nomi Xizmatlarning amal qilish muddati Seans vaqtida Internet tarmog‘i va TAS-IXga ulanish tezligi Tashqi trafikka kiritilgan limit, MB Xizmatlar narxi, so‘m
    NIGHT UNLIM-1 soat 00:00dan 09:00gacha (bir kecha) 1 Mbit/s.gacha Cheksiz 3 500
    NIGHT UNLIM-2 soat 00:00dan 09:00gacha (bir kecha) 2 Mbit/s.gacha 6 000
    24 UNLIM – 1 1 kecha-kunduzda (24 soat) 1 Mbit/s.gacha 10 000
    24 UNLIM – 2 1 kecha-kunduzda (24 soat) 2 Mbit/s.gacha 18 000

    Abonеntning jismoniy shaxslar uchun «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» qo‘shimcha xizmatlariga ulanish tartibi yo‘riqnomasi bu yerdan tanishish mumkin.

    «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlarini taqdim etish shartlari:

    1. «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlari faqat jismoniy shaxslarga taqdim etiladi.

    2. «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlari faqat abonent balansi hisobida «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlari joriy oyga oldindan to‘langan abonent to‘lovidan xizmat haqini hisoblab olish uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lganida taqdim etiladi.

    3. «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlariga oyning oxirgi kunlarida ulanib bo‘lmaydi.

    4. «24 UNLIM» va «NIGHT UNLIM» xizmatlarini sotib olish faqat shaxsiy kabinetda amalga oshiriladi.

    5. Mablag‘larni hisoblab olish SMS-xabar kodi tasdiqlangan vaqtda amalga oshiriladi. Tasdiqlangan xizmatni bekor qilish – mumkin emas.

    6. «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlari amal qilish davrida:

    - «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlari 1 Mbit/s.dan past tezlikdagi tarif rejalarida Internet tarmog‘i va TAS-IXga ulanishda sotib olingan «NIGHT UNLIM-1», «24 UNLIM-1» yoki «NIGHT UNLIM-2», «24 UNLIM-2» xizmatlarga bog‘liq holda xizmatning amal qilish tezligi 1 yoki 2 Mbit/s.gacha oshadi;

    - «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlari 1 yoki 2 Mbit/s.dan yuqori tezlikdagi tarif rejalariga ulanishda xizmat amal qilish davrida Internet tarmog‘i va TAS-IXga ulanishda sotib olingan «NIGHT UNLIM-1», «24 UNLIM-1» yoki «NIGHT UNLIM-2», «24 UNLIM-2» xizmatlarga bog‘liq holda 1 yoki 2 Mbit/s.ga pasayadi.

    7. Xizmat amal qilish davri tugaganda Internet tarmog‘iga ulanish tezligi tarif rejasida belgilangan narxga muvofiq tiklanadi.

    8. Agar SMS-xabar kodi tasdiqlanganidan keyin faollashtirilgan, biroq foydalanilmagan bo‘lsa, pul mablag‘i qaytarib berilmaydi.

    9. Agar abonent «NIGHT UNLIM» xizmatini sotib olgan bo‘lsa - «24 UNLIM» xizmatiga buyurtma berish mumkin emas.

    10. «24 UNLIM» xizmatini faollashtirish SMS-xabar kodining tasdiqlanishi bilan amalga oshiriladi. Xizmatga ulanganidan keyin navbatdagi 24 soat mobaynida abonent trafigi narxi hisoblanmaydi.

    11. «24 UNLIM» xizmatini faqat bir kecha-kunduz (24 soat)ga sotib olish mumkin. Zarur holatda bir necha kecha-kunduz foydalanish mumkin, har bir kecha-kunduzga alohida sotib olinishi shart.

    12. «NIGHT UNLIM» xizmatlarini soat 00:00gacha sotib olingan taqdirda, xizmatdan faqat soat 00:00dan keyin foydalanish mumkin. Soat 00:00dan 09:00gacha xizmatdan darhol foydalanish mumkin.

    13. «NIGHT UNLIM» xizmatini 00:00 soatdan kech vaqt oralig‘ida sotib olinsa, trafik hajmi sotib olingan vaqtdan tarif rejasida o‘rnatilgan narx bilan hisoblanadi.

    14. «Night Racer» seriyasi tarif rejalari, shuningdek, arxiv tarif rejalari uchun - «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlari taqdim etilmaydi.