Bosib chiqarish

Ommaviy ofеrta

 

«Uzonline» telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun ommaviy oferta

«O‘zbektelekom» AK —bundan keyin «Operator» deb nomlanadigan, 2007-yil 3-apreldagi AA 0001934-son litsenziyaga muvofiq Ustav asosida ish ko‘radigan, matnda kelgusida «Abonent» deb nomlanadigan jismoniy va yuridik shaxslarga litsenziyalangan telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi, bundan keyin «Xizmatlar».

Abonent tomonidan Xizmatlar uchun to‘lovning amalga oshirilishi va to‘lov faktini tasdiqlovchi tegishli moliyaviy hujjatning olinishi ushbu Oferta shartlarining so‘zsiz qabul qilinishi (aksepti) hisoblanadi. Ushbu Oferta shartlarini qabul qilgan Abonentga Operator bilan Xizmatlarni taqdim etish to‘g‘risidagi shartnomani, bundan keyin - Shartnomani tuzgan shaxs sifatida qaraladi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 365, 370-moddalari).

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu Shartnomani tuzayotganda Operator Abonentda shaxsiy kompyuterda ishlash uchun kerakli ko‘nikmalar, shuningdek, Internet tarmog‘ida ishlash ko‘nikmalari mavjudligining prezumptsiyasiga amal qiladi.

1.2.Akseptning bajarilish vaqtidan boshlab, Abonent ushbu Oferta shartlari bilan tanishgan va rozi ekanligi hamda O‘zR Fuqarolik Kodeksiga muvofiq shartnoma munosabatlariga kirishgan deb hisoblanadi.

1.3. Ushbu Ofertaning amal qilishi byudjet tashkilotlariga kiruvchi yuridik shaxslar toifasiga taalluqli emas. Ushbu toifaga alohida ixtisoslashtirilgan shartnomalar va xizmatlar doirasida xizmat ko‘rsatiladi, yuridik shaxslarga ushbu Ofertaga qo‘shimcha sifatida alohida Shartnoma taqdim etiladi.

1.4. Ushbu Ommaviy ofertada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:

«Abonent uskunasi, oxirgi uskuna» —Abonent xonasida joylashgan, aloqa liniyalari bo‘yicha signallarni uzatish va/yoki qabul qilish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar (kompyuter, modem, tarmoq kabeli va boshqalar);

«Avtorizatsiya qilish» —Abonent tomonidan kiritilgan Autentifikatsiyalash ma'lumotlarini Operator serverida tahlil qilish jarayoni, uning natijalari bo‘yicha Abonentda xizmatni olish yoki shaxsiy kabinetga kirish huquqining mavjudligi aniqlanadi.

Autentifikatsiyalash ma'lumotlari —Abonent bilan shartnoma tuzayotganda Operator tomonidan shakllantiriladigan yakka tartibdagi hisobga olish ma'lumotlarining jami:

a) Foydalanuvchi ismi (login) — Abonentning Operator tizimidagi asosiy yakka tartibdagi identifikatsiyalash parametri. Shartnoma tuzilganda va birlamchi ro‘yxatga olinganda Abonentga beriladi, joriy Shartnoma doirasida o‘zgartirilishi mumkin emas.

b) Parol (password) — Abonentning shaxsi yoki vakolatlarini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan maxfiy so‘z yoki simvollar to‘plami. Birlamchi Parol Operator tomonidan shakllantiriladi va beriladi. Keyinchalik Parol Abonent tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Foydalanuvchi ismi va paroldan Operatorning foydalanish serverida uzoqdan ulanish va avtorizatsiya qilishni o‘rnatish, shuningdek, shaxsiy kabinetga kirish uchun Abonent tomonidan foydalaniladi.

Akkaunt —birgalikda ma'lumotlar bazasining yagona elementiga tegishli bo‘lgan va tizimda ro‘yxatga olish davomida Abonent tomonidan ko‘rsatilgan hisobga olish ma'lumotlari bilan individuallashtiriladigan muayyan ma'lumotlar, axborot, Xizmatlar hajmining strukturasi.

AT–Abonent to‘lovining qisqartmasi (bundan keyin matn bo‘yicha – AT) – Operatorga Abonentdan Xizmatlar uchun to‘lanadigan so‘zsiz har oylik qayd qilingan to‘lov.

Narxnoma – «O‘zbektelekom» AK rahbariyati tomonidan tasdiqlangan va amalga kiritilgan xizmatlar guruhlari va turlari bo‘yicha narxlar (tariflar)ning tartibga keltirilgan to‘plami.

Тarif —muayyan Xizmatning undan foydalanishning belgilangan davri ichida tegishli Xizmat spetsifikasiga bog‘liq bo‘lgan narxi.

ТR –Tarif rejasining qisqartmasi (bundan keyin matn bo‘yicha – TR) – Operator tomonidan Abonentga Xizmat taqdim etilganda oldindan belgilangan shartlar va tariflarning jami.

Shaxsiy kabinet —ixtisoslashtirilgan, Abonentning Autentifikatsiya-lash ma'lumotlaridan ruxsatsiz foydalanishdan himoyalangan, Operatorning Rasmiy saytidagi web-sahifa. Autentifikatsiyalash ma'lumotlari, olingan Xizmatlarning hajmlari, Abonent Shaxsiy hisob raqamining joriy holati to‘g‘risidagi statistik axborot va boshqa ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. Shaxsiy kabinetda aks ettiriladigan axborot ma'lumot xarakterida bo‘lib, Operatorning moliyaviy-hisob-kitob tizimlaridagi axborotdan farq qilishi mumkin. Ulanishning joriy, tugallanmagan sessiyasida shaxsiy kabinetdagi ko‘rsatmalar sessiya tugagandan keyingi ko‘rsatmalardan farq qilishi mumkin va faqat shaxsiy kabinet parametrlarida sessiyatugaganligi qayd qilinganidan keyingina ishonchli hisoblanadi. Shaxsiy kabinetda Abonent muayyan xizmatlarga obuna bo‘lishni, ularni rad etishni, Parolni o‘zgartirishni yoki olib tashlashni, Operator tomonidan taqdim etiladigan boshqa foydalanish mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni amalga oshirishi mumkin. Shaxsiy kabinet funktsiyalari bir tomonlama tartibda Operator tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Shaxsiy kabinetning web-manziliga doimiy havola Operatorning rasmiy saytida ko‘rsatilgan.

Shaxsiy hisob raqam — Abonetning avans to‘lovlari va xizmatlar uchun to‘lov sifatida ushlab qolingan (hisobdan chiqarilgan) pul mablag‘larining summalari qayd qilinadigan hisoboshqalar Shaxsiy hisob raqam noyob bo‘lib, Operatorning ma'lumotlar bazasida joylashgan, xizmatlar ko‘rsatishning butun davri davomida doimiy xarakterga ega, mablag‘larning kelib tushishi va ularning sarflanishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar hisobini aks ettiradi. Shaxsiy hisob raqami sahifasi shaxsiy kabinetning funktsional optsiyasi hisoblanadi va shaxsiy kabinet bo‘limidagi xizmatning Rasmiy saytida joylashadi.

Shaxsiy hisob raqam balansi — Vaqtning joriy paytida Abonent pul mablag‘larining qoldig‘i to‘g‘risidagi axborotga ega Operator ma'lumotlar bazasidagi Abonentning hisob raqami. Abonent Balansi to‘g‘risidagi axborot Abonentning Shaxsiy kabinetida joylashgan.

Operatorning javobgarlik zonasi —Operator egalik qiladigan va uning boshqaruvi ostidagi telekommunikatsiya texnik vositalari va kanallari.

Internet — turli odamlar va tashkilotlarning ko‘pligiga tegishli bo‘lgan kompyuter tarmoqlari va axborot resurslarining global ixtiyoriy, mustaqil birlashmasi.

Hisobot oyi —muayyan xizmat taqdim etiladigan kalendar oyi.

Operatorning rasmiy sayti — Operatorning www.uzonline.uz manzili bo‘yicha joylashgan ixtisoslashtirilgan axborot resursi.

Тrafik —kilobaytlar (Kb) va megabaytlar (Mb)da o‘lchanadigan, vaqtning muayyan davriy ichida server orqali o‘tadigan ma'lumotlar hajmi. Quyidagilar farqlanadi:

  • kiruvchi trafik, Abonent tomonidan olinadigan ma'lumotlar;
  • chiquvchi trafik, Abonent tomonidan jo‘natiladigan ma'lumotlar.

Xizmatlar yoki Xizmat —rasmiy tasdiqlangan va amaldagi Tariflar va xizmatlar narxnomasi asosida Operator tomonidan taqdim etiladiggan Xizmatlar ro‘yxati yoki alohida olingan xizmat.

UZONLINE - «O‘zbektelekom» AKga tegishli rasmiy savdo markasi. O‘zbekiston Respublikasidagi ommaviy bozor uchun yangi avlod telekommunikatsiya xizmatlarini, shu jumladan, Internetdan keng polosali foydalanishni o‘zida birlashtiradi.

ADSL - (ingl. Asymmetric Digital Subscriber Line — asimmetrik raqamli abonent liniyasi) — kanalni o‘tkazishning foydalaniladigan polosasi chiquvchi va kiruvchi trafik o‘rtasida asimmetrik taqsimlangan modemli texnologiya.

FTTx - (ingl. fiber to the x — X nuqtasigacha bo‘lgan optik tola) — aloqa uzelidan muayyan joy (X nuqtasigacha) optik-tolali kabel etib boradigan har qanday telekommunikatsiya tarmog‘i uchun umumiy atama.

TAS-IX – Toshkentdagi operatorlar o‘rtasidagi IP-trafik bilan almashish nuqtasi.

2. SHARTNOMA PREDMETI

2.1. Operator Abonentga ushbu Ommaviy Oferta, tasdiqlangan va amaldagi Tariflar va xizmatlar narxnomasiga muvofiq Xizmatlarni taqdim etadi. Abonent Xizmatlardan foydalanadi va ushbu Oferta hamda Xizmatlarni taqdim etish qoidalari va shartlariga muvofiq amaldagi Tariflar va xizmatlar narxnomasi bo‘yicha to‘laydi.

2.2. Ushbu Sharnoma bo‘yicha Xizmatlarni ko‘rsatish davrida Operator Abonentga Xizmatni taqdim etish uchun zarur bo‘lgan Autentifikatsiyalash ma'lumotlarini topshiradi. Ushbu Shartnoma bekor qilingan holda Abonent keyingi kalendar oyi boshlanishidan besh kun avval bu haqda Operatorga ma'lum qilishi kerak. Shartnoma bekor qilinganda Abonentning Autentifikatsiyalash ma'lumotlari Operator tomonidan blokirovka qilinadi va olib tashlanadi.

3. XIZMATLARNI TAQDIM ETISH SHARTLARI

3.1 Operator tomonidan Xizmatlar taqdim etilishining umumiy qoidalari

3.1.1 Operator Xizmatlarni tasdiqlangan va amaldagi Tariflar va xizmatlar narxnomasiga muvofiq taqdim etadi.

3.1.2. Barcha narxlar so‘mda ko‘rsatilgan va QQS’ni o‘z ichiga oladi.

3.1.3. Operator Xizmatlari O‘zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslariga ko‘rsatiladi.

3.1.4. Xizmatlar quyidagi hollarda taqdim etiladi:

  • Operatorning Ommaviy Ofertasi va Xizmatlarni taqdim etish va tarifikatsiyalash qoidalari bilan tanishganda hamda shartlarini qabul qilganda;
  • shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda;
  • ko‘rsatilayotgan manzil bo‘yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan egalik huquqi yoki shahar telefon nomeri egasining «O‘zbektelekom» AK filiali yoki korxonasi bilan shartnomasi;
  • amal qiluvchi murojaat uchun telefonlar;
  • yuridik rekvizitlar va tashkilotning egasi, rahbaridan tashkilot blankidagi xat;
  • Abonent tomonidan ushbu Ommaviy Oferta shartlarining, shuningdek, Xizmatlar taqdim etish va tarifikatsiyalash qoidalarining to‘liq qabul qilinganligini bildiruvchi tanlangan xizmatlarni ko‘rsatgan holda ro‘yxatga olish blankining imzolanishi;
  • yuridik shaxs tomonidan Operator bilan Shartnoma tuzilganda.

3.1.5. Abonent ushbu Oferta shartlariga, Tanlangan xizmatni taqdim etish va tarifikatsiyalash qoidalariga rioya qilgan holda Xizmatlar uchun to‘lov to‘laganidan keyin va Abonent akkauntini ro‘yxatga olish paytidan boshlab Xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

3.1.6. Abonentning xizmatga ulanish payti (xizmat taqdim etilishining boshlanish fakti) bo‘lib, Abonentning birinchi marta muvaffaqiyatli avtorizatsiya qilingan payti hisoblanadi.

3.1.7. Abonentning Xizmatlardan foydalanishni boshlashining haqiqiy sanasi Operator tomonidan ulanishlarni dasturiy nazorat qilish ma'lumotlari yoki Operator tarmog‘ida o‘rnatilgan narxni hisobga olish apparaturasi (billing) asosida aniqlanadi. Abonentga Xizmatlarning taqdim etilganligi fakti ulanishlarni dasturiy nazorat qilish ma'lumotlari yoki Operator tarmog‘ida o‘rnatilgan narxni hisobga olish apparaturasi (billing) asosida tasdiqlanadi.

3.1.8. Abonentni identifikatsiya qilish va Xizmatlar hamda Shaxsiy kabinetdan foydalanish Abonentning shaxsiy Autentifikatsiyalash ma'lumotlaridan foydalanib, amalga oshiriladi.

3.1.9. Abonentning shaxsiy Autentifikatsiyalash ma'lumotlari Abonentga Operatorning sotuvlar ofisida beriladi.

3.2. Operator tomonidan taqdim etiladigan Xizmatlar turlari

3.2.1. Operator tasdiqlangan va amaldagi Tariflar va narxlar narxnomasi hamda xizmatlarning har bir turi bo‘yicha Xizmatni taqdim etish qoidalari va shartlariga muvofiq xizmatlar ko‘rsatadi.

3.2.2. Operator xizmatlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • Asosiy xizmatlar
  • Qo‘shimcha xizmatlar

3.2.3.Birlamchi ulanishda Abonent bir yoki bir nechta Asosiy xizmatlarni rasmiylashtiradi va ularga ulanadi. Qo‘shimcha Xizmatlar Xizmatni taqdim etish qoidalari va shartlariga bog‘liq holda Asosiy xizmat bilan bog‘langan yoki har biri alohida bo‘lishi mumkin.

3.2.4. Qo‘shimcha xizmatning Asosiy Xizmat bilan bog‘liqligi Xizmatni taqdim etish qoidalari va shartlarida ko‘rsatiladi.

3.2.5. Operator o‘zi tomonidan hech qanday majburiyatlarsiz, ammo mavjud abonentlarni Operatorning rasmiy saytida xabardor qilgan holda Xizmatlarni taqdim etish qoidalari va shartlarini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan tadbirlar yoki aktsiyalarni o‘tkazishga haqlidir.

3.3. Operator tomonidan Xizmatlar ko‘rsatilishini to‘xtatish shartlari

3.3.1. Abonent tomonidan Ommaviy Oferta shartlari va Xizmatlarni taqdim etish va tarifikatsiyalash qoidalari buzilgan holda Operator bir tomonlama tartibda Xizmatlar ko‘rsatilishini to‘xtatadi.

3.3.2. Istalgan tomonlardan birining tashabbusi bo‘yicha Operator bilan shartnoma bekor qilinganda Operator Xizmatlar ko‘rsatilishini to‘xtatadi.

4. XIZMATLAR NARXI VA TO‘LASH TARTIBI

4.1. Xizmatlar Narxi Tariflar va xizmatlar narxnomasiga muvofiq belgilanadi. Tariflarning tasdiqlangan narxnomasi Operatorning rasmiy saytida joylashtiriladi.

4.2. Xizmatlar oldindan to‘lov shartlarida (bundan keyin - «Oldindan to‘lov») taqdim etiladi. Xizmatlardan foydalanishni boshlagan vaqtdan Operator Oldindan to‘lov sarflanmagan qismining balansini yuritadi. Oldindan to‘lovdan Abonent faqat Xizmatlarga haq to‘lash uchun foydalanishi mumkin.

4.3. Xizmatlar Abonentga Oldindan to‘lovning ijobiy qoldig‘idan oshmaydigan summaga taqdim etiladi. Abonent Oldindan to‘lovining qoldig‘i bitta ulanishga to‘lash uchun zarur bo‘lgan darajagacha kamaygan holda Xizmat taqdim etilmaydi.

4.4. Operator xizmatlari uchun to‘lov Operatorning hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish, naqd yoki naqd bo‘lmagan pul mablag‘larini o‘tkazishning foydalanish qulay bo‘lgan usullari bilan amalga oshiriladi. Yuridik shaxslar to‘lovlarni naqd bo‘lmagan shaklda amalga oshiradilar. Jismoniy shaxslar to‘lovlarni naqd pul shaklida, shuningdek, jismoniy shaxsning bank plastik kartasi bo‘yicha amalga oshiradilar.

4.5. Tarifikatsiyalash qoidalari Tariflar va xizmatlar narxnomasida tavsiflanadi hamda Operatorning Rasmiy saytida joylashtiriladi.

4.6. Tariflar va xizmatlar narxnomasidagi o‘zgartirishlar to‘g‘risida Operator Abonentlarni o‘zgarishlar kuchga kirishidan kamida 10 kun oldin Operatorning Rasmiy saytida axborotni joylashtirish yo‘li bilan xabardor qiladi.

4.7. To‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.

4.8. Hisoblarni to‘lashda Abonent to‘lov bank hujjatlarida to‘lovning vazifasi, shartnoma va hisobning identifikatsiya kodi, raqamini ko‘rsatishi shart.

4.9. Xizmatlarni taqdim etish davomida Abonent tomonidan Oldindan to‘lov sifatida kiritilgan pul mablag‘lari tariflar va belgilangan tarifikatsiyalash qoidalariga muvofiq uning balansidan o‘chiriladi.

4.10. Operator ushbu Ommaviy ofertaning 4.7-bandiga muvofiq xizmatlar uchun tariflarni bir tomonlama tartibda o‘zgartirishga haqlidir.

4.11. Tarifikatsiyalash birligi:

4.11.1. Ma'lumotlar uzatish xizmatlari trafigining tarifikatsiyalash birligi bo‘lib, 1 MBayt (megabayt) hisoblanadi, bunda 1 MBayt 1024 KBaytga, 1 GBayt 1024 MBaytga teng deb hisoblanadi.

4.11.2. Trafikni hisobga olish ko‘zda tutilmagan hollarda tarifikatsiya Tariflar va xizmatlarning narxnomasi hamda Xizmat turi bo‘yicha taqdim etish qoidalari va shartlariga muvofiq bajariladi.

4.12. Abonent tomonidan tanlangan tarif rejasida belgilangan limit ishlab chiqilganidan keyin Abonentning Asosiy xizmatdan yoki Asosiy xizmat bilan bog‘liq Qo‘shimcha xizmatlar turlaridan foydalanishi uning Shaxsiy hisob raqamida ijobiy balans mavjud bo‘lganda taqdim etiladi.

4.12.1. Abonentning Shaxsiy hisob raqamida pul mablag‘lari bo‘lmasa, u holda Operator hisob raqamidagi mablag‘lar to‘ldirilgunicha Asosiy xizmatdan va barcha Qo‘shimcha bog‘liq xizmatlardan foydalanishni blokirovka qiladi.

4.13. Agar hisobot oyi tugaganidan keyin 5 kalendar kuni ichida Abonent xizmatlar hajmi va sifatiga tegishli bo‘lgan yozma asoslangan da'vo taqdim etmagan bo‘lsa, har bir hisobot oyi davomida Xizmatlar Abonentga Operator tomonidan kerakli darajada ko‘rsatilgan va ushbu hisobot oyining oxirgi kunida Abonent tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi.

4.14. Operator Abonent tomonidan foydalanilgan Xizmatlar hisobini yuritadi va o‘zining hisobga olish va hisob-kitoblar tizimi vositasida Tariflar va xizmatlar narxnomasida ko‘rsatilgan sxemalar bo‘yicha Abonent shaxsiy hisob raqamining holatini kuzatadi. Abonent Operator rasmiy saytining «Shaxsiy kabinet» bo‘limidagi bu axborotdan foydalana oladi. Operator Abonent tomonidan foydalanilgan xizmatlar hajmi va Xizmatlarni taqdim etishning to‘xtatilish vaqti to‘g‘risida Abonentni majburiy xabardor qilish majburiyatlarini o‘ziga olmaydi.

4.15. Abonent tomonidan foydalanilgan xizmatlar uchun istalgan ko‘rinishda va chetki to‘lov tizimlari, banklari va kassalari vositasida hisoblarni to‘lashda, Operator abonentning shaxsiy hisob raqamiga faqat chetki to‘lov tizimi, banki yoki kassasidan Operatorning hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘larni hisobga oladi. Abonent chetki to‘lov tizimlari, banklari va kassalarining xzmatlari uchun komission yig‘imlari, foizlari va boshqa chegirmalarni mustaqil qoplash majburiyatini oladi. Chetki to‘lov tizimlari, banklari va kassalari tomonidan mablag‘larning o‘tkazilishi bilan muammolar kelib chiqqan holda Operator hech qanday da'volarni qabul qilmaydi va javobgar bo‘lmaydi.

5. ТOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

5.1. Operator quyidagilarga majbur:

5.1.1. Shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab ushbu Ofertaga, tasdiqlangan va amaldagi Tariflar va xizmatlar narxnomasiga. Tanlangan xizmat bo‘yicha taqdim etish va tarifikatsiyalash qoidalariga muvofiq Abonentga Xizmatlarni taqdim etish.

5.1.2. Abonentning shaxsiy hisob raqamidagi qoldiq summasiga muvofiq hajmda, ushbu Ofertada belgilangan tartibda Xizmatlar ko‘rsatish.

5.1.3. Abonentga texnik qo‘llab-quvvatlash kechayu kunduzlik xizmatning telefon orqali maslahatlarini olish imkoniyatini taqdim etish. Maslahatlar berish hajmi taqdim etilayotgan Xizmatlar bilan bog‘liq muayyan masalalar bilan cheklanadi.

5.1.4. Ro‘yxatga olishda Abonentdan olingan axborotning konfidentsialligini ta'minlash, shuningdek, Abonent tomonidan olinadigan yoki yuboriladigan axborotning konfidentsialligini ta'minlash choralarini ko‘rish, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno.

5.1.5. Abonentlarga xizmat ko‘rsatish, Xizmatlarni taqdim etish shartlari va ular narxining o‘zgarishi, bank rekvizitlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq rasmiy xabarlarni o‘zining rasmiy saytida e'lon qilish.

5.2. Operator quyidagi huquqlarga ega:

5.2.1Axborot resurslarining himoyalanishini ta'minlash, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirish, urush, zo‘ravonlik va pornografiyani targ‘ib qilish, diniy va milliy adovatni avj oldirish, inson qadri va qiymatini cheklash kabi chaqiruvlardan iborat axborotning va amaldagi qonun hujjatlarida tarqatilishi taqiqlangan boshqa axborotning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan tegishli tashkiliy va texnik harakatlarni ko‘rish.

5.2.2. Quyidagi hollarda xizmatlar ko‘rsatilishini bir tomonlama tartibda to‘xtatish yoki tugatish:

5.2.2.1. Abonent tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 26 martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma'lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, Internetda tarqatish tartibi to‘g‘risida nizom» va «Provayder va abonentlarning Ma'lumotlar uzatish milliy tarmog‘iga kirish va undan foydalanish qoidalari» va/yoki O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy va normativ hujjatlari talablarining buzilishi.

5.2.2.2. Abonent tarmog‘i texnik vositalarining ishlashi, shuningdek, Abonent xatti-harakatlari Operator tarmog‘i va Ma'lumotlar uzatish milliy tarmog‘ining texnik vositalariga va/yoki dasturiy ta'minotiga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan holda.

5.2.2.3. Abonentning Operatorga tegishli tarmoq rekvizitlaridan foydalangan holda Ma'lumotlar uzatish milliy tarmog‘ining dasturlari, apparat va axborot resurslaridan ruxsatsiz foydalanishga urinishlari.

5.2.2.4. Belgilangan tartib va muddatlarda Abonentga tegishlicha xabar bergan holda ma'lumotlar uzatish tarmog‘ida rejaga oid texnologik ishlarni o‘tkazish.

5.2.2.5. Abonent tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa hollarda Operator xizmatlari uchun haq to‘lamaslik.

5.2.3. Operatorning Rasmiy saytida axborotni joylashtirib dastlab xabar qilgan holda, yangi Tariflar va xizmatlar narxnomasini bir tomonlama tartibda kiritish.

5.3. Abonent quyidagilarga majbur:

5.3.1. Xizmatlardan foydalanishda Abonent Shartnoma ro‘yxatga olinishini amalga oshirish uchun Operator tomonidan so‘raladigan ishonchli va haqqoniy axborotni ko‘rsatish majburiyatlarini qabul qiladi. Abonentni ro‘yxatga olishda aynan ko‘rsatilgan axborot Abonent bilan Shartnomani ro‘yxatga olish va tuzish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Abonent tomonidan ko‘rsatilgan axborot Operatorda saqlanadi. Abonentni ro‘yxatga olishda ishonchli bo‘lmagan ma'lumotlar aniqlangan holda Operator barcha holatlar aniqlangunga qadar Abonentga xizmatlar taqdim etilishini rad etish va/yoki to‘xtatishga haqlidir. Ro‘yxatga olish axborotining ishonchliligi uchun javobgarlik to‘liq Abonent zimmasida bo‘ladi.

5.3.2. Abonent uning Autentifikatsiyalash ma'lumotlari va Abonentni individuallashtiruvchi boshqa axborotning oshkor etilishi, yo‘qotilishi, o‘g‘irlanishi va sh.k.ga olib keladigan xatti-harakatlar va/yoki harakatsizligi, shuningdek, Abonentning hisobga olish ma'lumotlaridan foydalanuvchi uchinchi shaxslarning har qanday xatti-harakatlari va/yoki harakatsizliklari uchun to‘liq javobgar bo‘ladi. Bajaruvchi Abonent va/yoki uning hisobga olish ma'lumotlaridan foydalanuvchi uchinchi shaxslarning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xatti-harakatlari uchun javobgar bo‘lmaydi.

5.3.3. Abonent O‘zR amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan huquqbuzarlik xatti-harakatlarini sodir etganlik uchun to‘liq javobgar bo‘ladi.

5.3.4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma'lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, Internetda tarqatish tartibi to‘g‘risida nizom» va «Provayder va abonentlarning Ma'lumotlar uzatish milliy tarmog‘iga kirish va undan foydalanish qoidalari» va/yoki O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy va normativ hujjatlari talablarini bajarish va ularga rioya qilish.

5.3.5. Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da'vat qiluvchi, urush, zulm va pornografiyani targ‘ib qiluvchi, diniy va milliy nizolarni qo‘zg‘ovchi, inson sha'ni va qadr-qimmatini poymol qiluvchi axborotlar hamda amaldagi qonun hujjatlari bilan tarqatilishi taqiqlangan boshqa axborotlarning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik.

5.3.6. Foydalana olish atributlarini boshqa tashkilotlar yoki jismoniy shaxslarga bermaslik va ko‘paytirmaslik, ularning konfidensialligini ta'minlash. Abonentga Operator tomonidan uzatilgan hisobga olish axborotining ruxsatsiz tarqatilishidan himoya qilinishini ta'minlash.

5.3.7. Axborot xavfsizligini ta'minlash va himoya qilish bo‘yicha talablarni qat'iy bajarish.

5.3.8. Operatorni tizim va Abonent dasturiy ta'minotining barcha nosozliklari to‘g‘risida xabardor qilish.

5.3.9. Shartnomani tuzishda ro‘yxatga olish ma'lumotlari, bank rekvizitlari, yuridik maqomi, familiyasi, ism-sharifi, pasport ma'lumotlari, turar joyi, telefon va fakslar nomerlari o‘zgarganda, Abonent bunday o‘zgarishlar to‘g‘risida Operatorga bunday o‘zgarish paytidan boshlab o‘n kunlik muddat ichida yozma bildirish yo‘li bilan xabar qilish majburiyatiga ega. Aks holda Abonentning oxirgi ma'lum bo‘lgan manzili yoki fakslari nomerlari bo‘yicha uzatilgan Operatorning xabari lozim tarzda uzatilgan deb hisoblanadi.

5.3.10. Operatorning aybi bilan bo‘lmagan Shartnoma bo‘yicha xizmatlardan foydalanish imkoni bo‘lmagan holda, bu haqda Operatorga yozma xabar qilish.

5.3.11. Operator tomonidan taqdim etilgan xizmatlardan ushbu Ofertaga hamda Xizmatlarni taqdim etish qoidalari va shartlariga qat'iy muvofiq holda foydalanish.

5.3.12. Boshqa Tomonni sifat va ishonchlilik parametrlari, texnik spetsifikatsiyalar yoki boshqa qoidalar muvofiqligining o‘zgarishlari to‘g‘risida bunday o‘zgarishlarni kiritish sanasidan bir oydan kechiktirmay yozma xabardor qilish.

5.3.13. Shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan o‘z huquq va majburiyatlarini uchinchi shaxslarga topshirmaslik.

5.3.14. Shartnomaning amal qilish muddati va u bekor qilingan paytdan boshlab 3 yil davomida Shartnoma shartlari to‘g‘risidagi axborotning konfidentsialligiga rioya qilish.

5.3.15. Operatorning hisob raqamiga kerakli avans to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirib, Hisob raqamining ijobiy balansini qo‘llab-quvvatlash.

5.3.16. Abonent Xizmatlardan foydalanganlik uchun butun javobgarlikni o‘z zimmasiga qabul qiladi. Operator tomonidan taqdim etilgan Xizmatlardan amaldagi qonun hujjatlarini buzgan holda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

5.3.17. Taqdim etilayotgan xizmatlar bo‘yicha Rasmiy saytdagi axborotning o‘zgarishi mavjudligini davriy ravishda (7 kun ichida kamida bir marta) tekshirish.

5.4. Abonent quyidagi huquqlarga ega:

5.4.1.Operatorning sifatli va uzluksiz xizmatlaridan foydalanish.

5.4.2. Operatordan ushbu Oferta, Xizmatlarni taqdim etish va tarifikatsiyalash qoidalari bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini talab qilish.

5.4.3. Operatordan xizmatlarni taqdim etishning belgilangan normativlari hamda sifat va ishonchlilik normalariga rioya qilinishini talab qilish. Operator tomonidan majburiyatlarining bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi, hisoblarning ishonchliligi bo‘yicha Operatorga reklamatsiyalar va da'volarni yuborish.

5.4.4. Operatordan uning aybi bilan yuz bergan xizmatlarni ko‘rsatish to‘xtab qolganda yoki ularning sifati kerakli darajada bo‘lmaganda to‘lovlarning qayta hisoblab chiqilishini talab qilish.

5.4.5. Taqdim etilayotgan xizmatlar sifatining yomonlashishiga, shuningdek, foydalana olishni taqdim etish va xizmatlarni ko‘rsatish muddatlarining buzilishiga olib kelgan ushbu Oferta hamda Xizmatlarni taqdim etish qoidalari va shartlaridan Operator tomonidan ancha chetga chiqishlar yo‘l qo‘yilgan hollarda aniqlangan kamchiliklar bepul bartaraf etilishi.

5.4.6. Tariflar va xizmatlar narxnomasi hamda Qo‘shimcha xizmatlarda tavsiflangan qoidalarga muvofiq Shartnomaning amal qilishini vaqtincha to‘xtatish.

5.4.7. Taqdim etilayotgan xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq savollar yuzaga kelganda Operatorning maslahat va texnik qo‘llab-quvvatlashidan foydalanish.

5.4.8. Ko‘rsatilayotgan xizmatlarning iste'molchilik xususiyatlari va sifati to‘g‘risidagi axborotni olish.

5.4.9. Xizmatlarning iste'mol qilingan hajmi, shuningdek, Shaxsiy hisob raqamdagi to‘lovlar tarixi, hisobdan chiqarishlar va pul mablag‘larining qoldig‘i to‘g‘risidagi batafsil axborotni Shaxsiy kabinet orqali olish.

5.4.10. Ushbu Ofertada belgilangan tartibda da'volarni taqdim etish.

6. ТOMONLAR JAVOBGARLIGI

6.1. Тomonlarning har biri:

6.1.1. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Shartnoma bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarning bajarilishi bo‘yicha javobgar bo‘ladi.

6.2. Operator quyidagilar uchun javobgar bo‘lmaydi:

  • Operatorning aybi bilan yuzaga kelmagan, xizmatlardan foydalanish yoki foydalanish mumkin emasligi natijasida Abonent tomonidan ko‘rilgan bevosita yoki bilvosita zarar;
  • Operatorning uskunasi va dasturiy ta'minoti bilan bog‘liq bo‘lmagan ma'lumotlar uzatish tarmog‘ining har qanday shikastlanishlarida ushbu Oferta bo‘yicha majburiyatlar, Xizmatlarni taqdim etish qoidalari va shartlarining bajarilmasligi;
  • xizmatlarning sifat va ishonchlilik parametrlarining, shuningdek, Operator va Abonent o‘rtasidagi Abonentning trafigi to‘g‘risidagi tarifikatsiya axborotining quyidagi sabablar bo‘yicha yuzaga kelgan nomuvofiqligi:
  • Operator bilan kelishmasdan ulanish tarmog‘i konfiguratsiyasining Abonent tomonidan o‘zgartirilishi;
  • dasturiy ta'minotning, shu jumladan, Shartnoma talablariga muvofiq bo‘lmagan trafikni hisoblashning o‘rnatilishi;
  • Abonent tomonidan dasturiy ta'minotning, shu jumladan, trafikni hisobga olish dasturiy ta'minotining noto‘g‘ri sozlanishi;
  • Abonent tomonidan hisobga olish axborotining oshkor etilishi, shuningdek, axborot xavfsizligi va uskunani ekspluatatsiya qilish bo‘yicha qoidalar va/yoki tavsiyalarga rioya qilmaslik hamda uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari, jumladan, ruxsatsiz pochta almashinuvi, virus hujumlari va boshqalar natijasida yuzaga kelgan holatlarda Abonent tomonidan ko‘rilgan har qanday turdagi zarar.

6.3. Operator tarmoqning ishlash qobiliyati va rivojlantirilishini qo‘llab-quvvatlash zarurati keltirib chiqargan uskuna, dasturiy ta'minotning almashtirilishi yoki boshqa ishlarning o‘tkazilishi bilan bog‘liqtable width= xtable width=izmatlar taqdim etilishining to‘liq yoki qisman to‘xtab qolishlari uchun javobgar bo‘lmaydi.

6.4. Operator Internet tarmog‘i alohida segmentlarining ishlashi va foydalanish mumkinligi uchun javobgar bo‘lmaydi.

6.5. Agar ushbu Ofertada uning shartlarining qandaydir buzilishi uchun javobgarlik belgilanmagan bo‘lsa, u holda sodir etilgan buzilish uchun javobgarlik darajasi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

7. AXBOROT XAVFSIZLIGI MASALALARI

7.1.Operator va Abonent quyidagilarga majbur:

7.1.1. Operator quyidagilarga majbur:

  • xizmatlarni ko‘rsatishda Abonentdan olingan har qanday axborotni oshkor qilmaslik;
  • axborotning xavfsiz tranzitini ta'minlash;
  • tezkor-qidiruv tadbirlar bo‘yicha choralar ko‘rilishida ishtirok etishni ta'minlash;
  • axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha rasmiy saytda bildirish va e'lon berilishini ta'minlash.

7.1.2. Abonent quyidagilarga majbur:

  • saytda berilgan bildirishlar va e'lonlarni kuzatish;
  • xizmatlarni ko‘rsatishda operatordan olingan har qanday axborotni oshkor qilmaslik;
  • o‘ziga tegishli uskuna yoki dasturiy ta'minotdan Operatorning uskunasi va aloqa kanallarini kuzatish hamda ular buzilishining oldini olish.

8. OPERATOR VA ABONENTNING TASHKILIY-TEXNIK O‘ZARO ISHLASH REGLAMENTI

8.1. Xizmatlarning taqdim etilishi Abonent manzili bo‘yicha telekommunikatsiya kanallarining texnik imkoniyati va Operator tegishli uskunasining mavjudligiga bog‘liq.

8.2. Abonent manzili bo‘yicha texnik imkoniyatning mavjudligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi qarorni Operator Abonent sotuvlar ofisiga murojaat qilganidan keyin qabul qiladi.

8.3. Abonent manzili bo‘yicha texnik imkoniyat bo‘lmaganda, Operator xizmatlar taqdim etilishini rad etish yoki texnik imkoniyat paydo bo‘lgunga qadar navbatga qo‘yishga haqlidir.

8.4. Operator va Abonent o‘rtasida shartnoma tuzilganidan keyin, ammo Abonent manzili bo‘yicha texnik imkoniyat bo‘lmaganligi sababli xizmatlarni ko‘rsatish imkoni bo‘lmaganda, Operator ushbu Ommaviy Ofertaning 8.21 va 8.22-bandlariga muvofiq majburiy xabar qilgan va to‘langan pul mablag‘larini qaytargan holda Shartnomani bekor qilishi mumkin.

8.5. Operatordan Abonentgacha aloqa kanallarining xarakteristikalari va parametrlari xizmatlarni ko‘rsatish mumkin bo‘lmay qolgan darajagacha yomonlashganda, Abonent Opertorning texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga talabnoma bilan murojaat qilishi va shikastlanish bartaraf etilishini talab qilishi kerak. Aloqa kanallarida ta'mirlash-tiklash ishlarini o‘tkazishda Operator unda belgilangan muddatlar va qoidalarga amal qiladi.

8.6. O‘tkazilayotgan tarif siyosatiga muvofiq Operator Abonentga shartnomaning amal qilish vaqti davomida abonent uskunasini soz va to‘liq komplektlangan holatda bepul foydalanish uchun taqdim etishi mumkin. Shartnoma bekor qilinganda Abonent mijoz uskunasini to‘liq soz va komplektlangan holatda qaytarish majburiyatini oladi. Uskuna Abonent shartnomani tuzgan va uskunani olgan sotuvlar ofisiga qaytariladi. Uskuna shartnoma bekor qilingan vaqtda qaytarilishi kerak.

8.7. Shartnoma bir tomonlama tartibda Operator tomonidan bekor qilinganda, abonentga shartnomada ko‘rsatilgan muloqot uchun nomerlar bo‘yicha shartnomaning bekor qilinganligi to‘g‘risida xabar qilinganidan keyin Abonent shartnomaning amal qilish muddati davomida olingan uskunani 10 kalendar kuni davomida qaytarishi kerak.

8.8. Operatordan abonent uskunasini olganida Abonent Operatorning oldida standart elektr ta'minoti ulanganda oldindan belgilangan konfiguratsiyadagi uskunaning komplektlanganligi va ishlash qobiliyatini (ta'minot blokining sozligini) tekshiradi. Uskuna komplektlangan va soz holatda bo‘lgan holda Abonent narxini ko‘rsatgan holda Uskunani qabul qilish-topshirish dalolatnomasini imzolaydi.

8.9. Uskuna yoki to‘liq komplekt qismi buzilganda yoki yo‘qolganda Abonent Uskunani qabul qilish-topshirish dalolatnomasida ko‘rsatilgan uskunaning narxini Operatorga qaytaradi.

8.10. Uskunani qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolanganidan keyin uskunaning zavoddagi nosozligi aniqlanganda Operator maxsus servis xizmatining yozma ekspert qarori asosida uskuna almashtiriladi.

8.10. Abonent o‘ziga tegishli abonent uskunasi Operatorning taqdim etilayotgan xizmatlarga qo‘yiladigan texnik talablar va shartlarga javob bersa, bu uskunadan foydalanish huquqiga ega. Operator ulanish va avtorizatsiya qilish parametrlari bo‘yicha maslahat ma'lumotlaridan tashqari abonentga tegishli uskuna bo‘yicha texnik qo‘llab-quvvatlamaydi.

8.11. Abonentga uskuna Sotuvlar ofisidan sotilganda muayyan modeldagi uskunani etkazib beruvchi yoki ishlab chiqaruvchisi tomonidan belgilangan shartlar va kafolat majburiyatlari amal qiladi. Operator sotilgan uskuna va keyingi texnik hamda axborot kuzatuvi uchun hech qanday javobgarlikka ega emas.

8.12. Uskuna uchun to‘lov kiritilganligi fakti bo‘yicha uskuna Abonentning ixtiyoriga o‘tadi. Uskuna pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olinayotganda, uskuna Abonent ixtiyoriga birinchi to‘lov to‘lanishi bilan o‘tadi. Abonent bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olingan uskunadan foydalanish yoki uning holatidan qat’iy nazar ushbu uskunaning butun narxini to‘lash majburiyatiga ega.

8.13. Abonentga xizmatlarni taqdim etish uchun Operator xizmatning turiga bog‘liq holda mavjud texnik vositalar, maxsus protokollar bo‘yicha Abonentgacha aloqa kanallarini tashkil qiladi.

8.14. Operator uning uskunasi tomonida avtorizatsiya qilishni ta'minlash uchun Abonentga maxsus, noyob rekvizitlarni beradi.

8.15. Abonent va Operator uskunasi o‘rtasida marshrutlarni tashkil qilish shartlari xizmatlar turilariga bog‘liq holda statik yoki dinamik bo‘lishi mumkin.

8.16. Abonentga berilgan rekvizitlar Operatorning mulki hisoblanadi. Shartnoma bekor qilinganda Abonent ulardan foydalanish huquqini yo‘qotadi va ular Operator ixtiyoriga o‘tadi.

8.17. Zarur bo‘lganda Operator bitta aloqa kanali bo‘yicha turli xizmatlardan foydalanishi va ularni taqdim etishi mumkin.

8.18. Aloqa kanallari holatining monitoringi, uskuna va dasturiy ta'minotdan foydalanish, reglament ishlarini ichki yo‘riqnomalar va algoritmlarga muvofiq ravishda Tomonlar mustaqil ravishda bajaradilar.

8.19. Birgalikda tekshiruvlar va ishlarni o‘tkazish zarur bo‘lganda Tomonlar ularni:

  • Tomonlardan birining talabnomasi kelganidan keyin 24 soatdan kechiktirmasdan kelishilgan grafiklar va protseduralar bo‘yicha rejaga oid ishlarda;
  • talabnoma kelganidan keyin bir soatdan kechiktirmasdan avariyaviy vaziyatlarda.

8.20. Reglament ishlari, odatda, xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatmasdan eng kam yuklama soatida bajarilishi kerak.

8.21. Xizmatlar ko‘rsatilishini to‘xtatgan holda reglament ishlarini o‘tkazish zarur bo‘lganda ishlarni o‘tkazuvchi Tomon boshqa Tomonni ishlarning o‘tkazilishi to‘g‘risida ularni o‘tkazishdan kamida 24 soat oldin xabardor qiladi, bunda ishlarni o‘tkazish davri aniq ko‘rsatiladi.

8.22. Shartnomani bekor qilish paytida Abonent (yuridik shaxs)ning Shaxsiy hisob raqamida ijobiy saldo mavjud bo‘lgan holda, Abonent (yuridik shaxs) pul mablag‘larini yuridik shaxsning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan ushbu mablag‘larning qaytarilishini talab qilishga haqlidir. Muqobil variant sifatida Abonent pul mablag‘lari qoldig‘ining to‘liq hajmda Abonentga Operator tomonidan ko‘rsatiladigan boshqa xizmatning (masalan, qayd qilingan telefoniya xizmatining hisobiga va boshqalar). Shaxsiy hisob raqamiga o‘tkazilishini so‘rashi mumkin.

8.23. Shartnomani bekor qilish paytida Abonent (jismoniy shaxs)ning Shaxsiy hisob raqamida ijobiy saldo mavjud bo‘lgan holda, Abonent (jismoniy shaxs) pul mablag‘larining qoldiqlari to‘liq hajmda Abonentga Operator tomonidan ko‘rsatiladigan boshqa xizmatning (masalan, qayd qilingan telefoniya xizmatining hisobiga va boshqalar) Shaxsiy hisob raqamiga o‘tkazilishi mumkin. Abonentning Shaxsiy hisob raqamidagi pul mablag‘lari naqd shaklda qaytarilmaydi. Pul mablag‘lari abonentning bankdagi hisob raqamiga yoki plastik kartasiga o‘tkazilishi mumkin.

9. FORS-MAJOR

9.1. Shartnoma tuzilganidan so‘ng ushbu Oferta shartlarining bajarilmasligi suv toshqini, yong‘in, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar, embargo, urush va harbiy harakatlar kabi vaziyatlarning oqibati bo‘lib hisoblansa, tomonlardan hech biri ushbu shartlardan kelib chiqadigan istalgan o‘z majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajarmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi. Agar bunday vaziyatlardan istalgani majburiyatning ushbu Oferta va Shartnomada belgilangan muddatlarda bajarilishiga bevosita ta'sir ko‘rsatsa, u holda bu muddat tegishli vaziyatning amal qilishi vaqtiga mos ravishda orqaga suriladi.

9.2. Majburiyatlarni bajarish mumkin bo‘lmay qolgan Tomon yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatlarning yuzaga kelganligi, ularning amal qilish va to‘xtashining ko‘zda tutiladigan muddati to‘g‘risida darhol, ammo ularning yuzaga kelishi va to‘xtashi paytidan boshlab 5 (besh) kundan kechiktirmay yozma ravishda boshqa Tomonni xabardor qilishi kerak. Bildirishnomada bayon etilgan faktlar Savdo-sanoat palatasi yoki O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

9.3. Xabar qilmaslik yoki o‘z vaqtida xabar qilmaslik Tomonni yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatni majburiyatning bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qiluvchi asos sifatida ko‘rsatish huquqidan mahrum qiladi.

10. NIZOLARNI HAL QILISH

10.1. Shartnomaning bajarilishi bilan bog‘liq har qanday nizolar yoki kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda Tomonlar ularni hal etish uchun Tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan barcha imkoniyatlardan foydalanadilar.

10.2. Agar nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal etilmasa, nizolar amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatlangan sudda hal etilishi kerak.

10.3. Nizoli munosabatni vakolatlangan sudda ko‘rib chiqish uchun topshirish protsedurasidan oldin da'voni berish yo‘li bilan nizoli munosabatni sudgacha hal qilish protsedurasi kelishi kerak.

10.4. Xizmatlar bo‘yicha da'volar Abonent tomonidan hisobot davri davomida va bu davr tugagan paytdan boshlab 5 kun ichida taqdim etiladi. Ushbu muddat tugaganidan keyin taqdim etilgan da'volarni Operator ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

10.5. Da'volar Tomonlar tarafidan bir-birlariga quyidagi tarzda topshiriladi:

10.5.1. Operatordan Abonentga — faksimil aloqa yoki buyurtma pochta bilan xat orqali yozma shaklda.

10.5.2. Abonentdan Operatorga — faksimil aloqa yoki buyurtma pochta bilan xat orqali yozma shaklda.

10.6. Da'vo Abonent tomonidan quyidagilarni ko‘rsatgan holda ariza beruvchining imzosi bilan yozma shaklda berilishi kerak:

10.6.1. Yuridik shaxslar:

  • Tashkilotning nomi;
  • Murojaat uchun ma'lumotlar;
  • Abonent va Operator o‘rtasida tuzilgan Shartnomaning raqami;
  • Ariza beruvchining familiyasi, ism-sharifi.

10.6.2. Jismoniy shaxslar:

  • Jismoniy shaxsning familiyasi, ism-sharifi;
  • Murojaat uchun ma'lumotlar;
  • Abonent va Operator o‘rtasida tuzilgan Shartnomaning raqamlari.

10.7. Yozma da'volarni ko‘rib chiqish natijalari Operator Abonent da'vosining asl nusxasini olgan sanadan boshlab bir oy davomida ariza beruvchiga yozma ravishda xabar qilinadi.

10.8. Ushbu Oferta tomonidan hal qilinmagan barcha masalalar bo‘yicha Tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga amal qiladilar.

11. OFERTANING AMAL QILISH MUDDATI, UNING SHARTLARINI O‘ZGARTIRISH YOKI TO‘XTATISH TARTIBI

11.1.Ushbu oferta muddatsiz hisoblanadi va uning barcha shartlari tomonlardan birining o‘z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgan paytigacha amal qiladi, ushbu holda shartnoma bunday bosh tortish paytidan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.

11.2. Operator Abonentni o‘zgartirishlar kuchga kirishidan kamida 10 (o‘n) kalendar kunidan oldin Operatorning Rasmiy saytida e'lonlarni joylashtirish yo‘li bilan xabardor qilgan holda ofertaning shartlarini o‘zgartirishga, shu jumladan, amaldagi tariflarga tuzatishlar kiritish, ofertaga yangi Ilovalar kiritishga haqlidir.

11.3. Operatorning Rasmiy saytida e'lonning joylashtirilishi fakti, shubhasiz, Operator tomonidan Abonentni xabardor qilish bo‘yicha majburiyatining kerakli darajada bajarilishi hisoblanadi.

11.4. Abonent xizmatning Rasmiy saytida o‘zgartirishlar mavjudligining muntazam tekshirib turilishi uchun javobgar hisoblanadi. Ofertaning joriy qoidalari va ularga Ilovalarning o‘zgarishi to‘g‘risidagi bildirishnomadan 10 (o‘n) kalendar kunidan keyin xizmatlardan foydalanishni davom ettirish ushbu qoidalarga so‘zsiz qo‘shilganlik va ular bilan rozi ekanligi sifatida qabul qilinadi.

Файлы для скачивания