Colocation


 

UZTELECOM infratuzilmasi har qanday murakkablikdagi telekommunikatsion loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi. Kompaniya o‘z tarmoqlari bilan Respublikaning katta qismini egallaydi va uning ixtiyorida 1500 ga yaqin EATS mavjud. Ushbu infratuzilma asosida kompaniya kolokatsiya xizmatlarini ham taqdim etadi.


 

Kolokatsiya, kolokeyshn (inglizcha co-location, qisqartirilgani colo) – buyurtmachi uskunalarini EATS telekommunikatsiya shkaflariga va ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga (MQIM) joylashtirish demakdir. Uskunalarni shu tarzda joylashtirish, aloqa kanalini tashkil etuvchi provayderdan mijozgacha – so‘nggi milgacha tejash imkonini beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2015 yildagi PQ-1989-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq kompaniya tomonidan Toshkent shahridagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni saqlash bo‘yicha markaz tuzish loyihasi amalga oshirildi. 
Loyihaning maqsadi - ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni saqlash markaziga bo‘lgan o‘sib borayotgan talablarni qondirish va texnik imkoniyatlarni kengaytirish uchun sharoitlar yaratish, shuningdek bulutli hisoblashlar asosida yangi xizmat turlarini taqdim etishdan iboratdir.


 

MQIM asosida ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni saqlash markazining quyidagi asosiy xizmat turlari amalga oshiriladi:
  • Cloud computing 
    Bulutli
    hisoblash 
  • Colocation 
    Qurilmalarni joylashtirish 
  • VDI 
    Virtual ish stoli 
  • VPS 
    Virtual server 
Ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni saqlash markazining quyidagi qo‘shimcha xizmat turlari:
  • video konferensiya aloqasi;
  • ma’lumotlar zahirasi;
  • telekommunikatsion infratuzilma;
  • milliy kontentning rivojlanishi;
  • veb-xosting;


 

MQIM ning ishonchlilik darajasi Uptime Institute tasnifi bo‘yicha Tier III xalqaro tizimiga mos keladi, ya’ni MQIM infratuzilmasi zahirasi «N+1» formulasi bo‘yicha ta’minlanadi, bunda barqaror qaytarish koeffitsienti 99.982 % tashkil qiladi. Bu demak (degani) (Ya’ni), ma'lumotlar markazining barcha muhandislik tizimlarining zahiralari mavjud va MQIM faoliyatini to‘xtatmasdan profilaktika-ta’mirlash ishlarini olib borishni ta’minlashi mumkinligini bildiradi. 

Colocation shkafiga joylashtirilgan qurilma yoki informatsion resurslar kechayu kunduz ishonchli qo‘riqlash tizimi ostida bo‘ladi, uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlangan (UPS, dizel generatori), aloqa kanallariga yuqori darajada kirish qobiliyati orqali ulanish imkoniyati mavjud. 

Uskunaga xizmat ko‘rsatish yuqori malakali xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.


 

Yuridik shaxs va korxonalarga xizmat ko‘rsatish uchun shartnoma tuzish maqsadida «O‘zbektelekom» Aksiyadorlik Kompaniyasiga murojaat qilish kerak.

Murojaat uchun: info@uztelecom.uz