350 000 so'm yiliga
Abonent to'lovi
- Cheksiz*
O'zbekiston bo'ylab chiqish qo'ng'iroqlar limiti
- 0 so'm 1 daqiqa uchun
O'zbekiston bo'ylab chiqish qo'ng'iroqlari 1 daqiqasi
- 0 so'm 1 daqiqa uchun
Tarmoq ichida chiqish qo'ng'iroqlari 1 daqiqasi
- 1000 MB
Internet-trafik limiti
- 84 so'm
1 MB Internet trafigi
- 1000 SMS
SMS-xabarlar limiti
- 84 so'm 1 daqiqa uchun
1 ta SMS-xabar narxi (limitdan tashqari)
- Tarmoq ichidagi
qo‘ng‘iroqlar “O‘zMobayl” tarmog‘ining GSM, CDMA standartini, shuningdek
“O‘zbektelekom” AK shahar telefon tarmoqlarini o‘zida mujassam etadi.
- Oyiga 45 000 daqiqalik texnologik cheklov o‘rnatilgan. Barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar 45 000 daqiqa sarflab bo‘lingandan so‘ng bloklanadi.
- Barcha kiruvchi
qo‘ng‘iroqlar – 0 so‘m.
- Tarif rejalar jismoniy
shaxslar uchun amal qiladi.
- Tarif rejalarga
ulanish/o‘tish imkoniyati UZTELECOM savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida,
shuningdek Kompaniyaning hamkor tarmoqlarida mavjud.
- Abonent to‘lovining yechib
olinishi abonentning faol holatida amalga oshiriladi. Agarda abonentning
hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmagani sabab bloklangan holatlarda, AT hisob
to‘ldirilgunga qadar yechib olinmaydi.
- Barcha qo‘ng‘iroqlar
muloqotning birinchi soniyasidan boshlab narxlanadi.
- Internet-trafikning kvant
tarifikatsiyasi – 16 Kb.
- Tarif rejalarga o‘tish
narxi – 4200 so‘m.
- Tarif rejaga yangi
ulanganda yoki o‘tilganda taqdim etiladigan SMS va Internet trafik to‘plamlar
ulangan kundan qat’iy nazar to‘liq hajmda taqdim etiladi.
- Yillik tarif rejalariga
faqatgina tanlangan tarif rejasining yillik to‘liq abonent to‘lovi mavjud
bo‘lgandagina o‘tish mumkin.
- SMS limiti O‘zbekiston
Respublikasining uyali operatorlari abonentlariga chiquvchi SMS-xabarlar
yuborilganda sarflanadi.
- Chiquvchi xalqaro
qo‘ng‘iroqlar va SMSlar xalqaro aloqa tariflari bo‘yicha narxlanadi.
- Kontent-provayderlar
tomonidan taqdim etiladigan ovozli, axborot-ko‘ngilochar kabi xizmatlar va
SMS-xizmatlar alohida narx bo‘yicha hisoblanadi.
- Ushbu tarif rejalarda
Abonent to‘lovi bir yilda bir marotaba to‘liq hajmda yechib olinadi.
- Ushbu tarif rejadan
istalgan tarif rejaga o‘tilganda yoki abonent shartnomasi 12 oygacha bekor qilinganda,
AT qayta hisoblanmaydi va qaytarilmaydi, ushbu tarif reja shartlari bo‘yicha
taqdim etilgan megabaytlar va SMSlar bekor qilinadi.
- Daqiqalar, MB va SMS
to‘plamlar 12 oy davomida har oyning birinchi sanasida 1 kalendar oyi muddatida
taqdim etiladi.
- Tarif rejada taqdim
etiladigan daqiqalar, Internet va SMS to‘plamlar keyingi oyga o‘tkazilmaydi.
- Mobil aloqa xizmatlaridan
hisobda mablag‘ yetarli miqdorda bo‘lgandagina foydalanish mumkin.
- Agarda abonent to‘lvi
yechib olinadigan vaqtda abonentning hisobida tarif bo‘yicha abonent to‘lovi
uchun kam miqdorda mablag‘ bo‘lsa, raqam qisman bloklanadi, abonent faqatgina
kirish qo‘ng‘iroqlarni va SMSlarni qabul qila oladi.
- Agarda qaqam majburiy
ravishda bloklangan holda, abonent hisobni to‘liq abonent to‘lovidan ko‘proq
miqdorda to‘ldirishi lozim. Ushbu hollarda hisob to‘ldirilgandan so‘ng AT kun
davomida yechib olinadi.
- Agarda abonent tarif
bo‘yicha abonent to‘lovini ikkinchi yil uchun AT yechib olinadigan kuni emas,
balki oldindan to‘lagan bo‘lsa, ammo ma’lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng, misol
uchun bir oydan so‘ng, u holda tarif bo‘yicha AT tarif rejaning shartlariga
muvofiq to‘liq miqdorda to‘lanadi. Abonent to‘lovini yechib olish davri
suriladi, ya’ni yangi hisobot davri kelgusi yil uchun AT to‘langan vaqtdan
boshlanadi.
- «Ajoyib+» tarif rejasini o‘zgartirish
shartlari:
- O‘tish mumkin bo‘lgan tarif rejalar - CDMA 180, «Obod», «Aloqachi 1», «Aloqachi 2», «CDMA C1», «CDMA C2», «CDMA C3», «CDMA C4», «EV-DO», «Oddiy», «Optimal», «Ajoyib», «Optimal+», «Oddiy+».
- Quyidagi tarif rejalardan o‘tish imkoniyati
mavjud - «20 so‘m», «CDMA 180», «Obod», «CDMA 500», «CDMA 1000», «CDMA 1500»,
«CDMA 2500», «VIP mobile», «VIP UNIVERSAL», «Siz uchun», «Bir qadam oldinga»,
«CDMA LUX», «Korporativ 200», «Korporativ 500», «Korporativ 1000», «Korporativ
3000», «Korporativ 1500», «Korporativ VIP», «EV-DO», «Oddiy», «Optimal», «Ajoyib»,
«Optimal+», «Oddiy+».
«Ajoyib+» tarifiga ulanish
Abonentlarga
o'zingizga qulay har qanday usulda
USSD buyrug'ini tering
Shaxsiy kabinetda
tarif rejasini almashtiring
Mazkur tarifga raqam olish uchun online ariza berish