08 Aprel 2024

Bayram munosabati bilan maxsus bepul “5G Unlim Hayit” aksiyasiga start berildi!

Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan UZTELECOM o‘z abonentlariga O‘zbekistondagi eng tezkor mobil Internetdan foydalanish uchun maxsus “5G Unlim Hayit” aksiyasini taqdim etadi. Aksiya doirasida abonentlarga 5G mobil tarmog‘idan 30 kun davomida mutlaqo bepul, trafik sarf qilmasdan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Buning uchun xizmatni faollashtirishning o‘zi kifoya.

 

 Xizmatni faollashtirish uchun *800# USSD raqamini tering yoki MyUZTELECOM mobil ilovasidan foydalaning va ulangan kundan boshlab 30 kun davomida bepul yuqori sifatli 5G Internet tezligidan foydalaning. Aksiya 2024-yilning 9-aprelidan 31-mayigacha amal qiladi. 

 

Aksiyada quyidagi tariflarga ulangan abonentlar ishtirok etadilar: 

 

  • Jismoniy shaxslar: Barakali 44/55/77/111, MILLIY 150, DATA 300GB/600GB/1TB, 
  • Yuridik shaxslar: Biznes 70, Royal, Milliy Biznes 40/55/75 

 

Xizmat narxi: aksiya davomida bepul. Eslatib o‘tamiz, 5G tarmog‘idan foydalanish uchun qurilma ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlashi va abonent beshinchi avlod tayanch stansiyalarining qamrov zonasida bo‘lishi kerak. 

 

Fursatdan foydalanib, mamlakatimizda keng nishonlanayotgan muqaddas Ramazon Hayiti bilan butun xalqimizni chin yurakdan tabriklab, barchaga tinchlik-xotirjamlik, baxt va sog‘lik, oilalaringizga fayzu baraka tilab qolamiz.

Aksiya shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin.



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing